AsosiyDunyo

Isroil G‘azoni bosib olish bo‘yicha yangi reja tayyorladi

Muzokaralar samara bermasa, armiyaning keng qamrovli harbiy operatsiyasi boshlanishi mumkin.

'Isroil G‘azoni bosib olish bo‘yicha yangi reja tayyorladi'ning rasmi

Isroil armiyasi shtabi boshlig‘i Eyal Zamir tomonidan siyosiy rahbariyatga taqdim etilgan reja G‘azo sektorining katta qismini egallash va nazorat qilishni nazarda tutadi. “12-kanal” telekanaliga ko‘ra, bu reja muzokaralar samarasiz yakunlansa, kuchga kiradi.

Isroil hukumati bu rejani HAMAS’ni mag‘lub etish va garovga olingan fuqarolarni ozod qilish yo‘lidagi muhim qadam sifatida ko‘rmoqda.

Reja, shuningdek, Rafahdagi “gumanitar shahar” konsepsiyasiga muqobil sifatida ishlab chiqilgan. Isroilning sobiq bosh vaziri Exud Olmert lager qurilishini tanqid qilib, uni “etnik tozalash” deya baholagan.

Netanyaxu hukumati hozircha muzokaralarga sodiqligini bildirgan bo‘lsa-da, siyosiy bosim ortib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar