AsosiyDunyo

Berlinlik TikTok xodimlari sun’iy intellektga qarshi norozilik bildirdi

TikTok kompaniyasining Germaniyadagi xodimlari o‘z o‘rnini sun’iy intellekt egallayotgani ortidan ish tashlashga chiqdi.

'Berlinlik TikTok xodimlari sun’iy intellektga qarshi norozilik bildirdi'ning rasmi

ByteDance’ga qarashli TikTok kompaniyasi Berlindagi 150 ga yaqin kontent moderatorlari va TikTok Live’ning 15 nafar xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirayotgani sababli, 23 iyul kuni xodimlar bir kunlik ish tashlash e’lon qildi. Nemis profsoyuzi

“Ver.di” ma’lumotiga ko‘ra, xodimlar bir necha oy davomida sun’iy intellektni o‘zlari o‘rgatgan, endi esa ularning o‘rnini aynan shu texnologiya egallamoqchi.

Ishchilar Shpre daryosida qayiqda yurish tarzida norozilik bildirgan, so‘ngra miting o‘tkazgan. Ular kompaniyadan uch yillik ish haqi miqdorida kompensatsiya va ishdan bo‘shatish haqida 12 oy oldin ogohlantirishni talab qilmoqda. TikTok rahbariyati bu talablarni rad etgan.

“Ver.di” ma’lumoticha, ayrim xorijlik xodimlar uchun bu ishdan ayrilish yashash ruxsatiga ham tahdid solishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar