AsosiyDunyo

AQSHning Men shtati sohillarida noyob oq akula tasvirga olindi

Mutaxassislar buni tarixiy holat deb atamoqda.

'AQSHning Men shtati sohillarida noyob oq akula tasvirga olindi'ning rasmi

National Geographic’ning taniqli fotografi Brayan Skerri ilk bor Men suvlarida suv ostidan katta oq akula suratini oldi. Mutaxassislar buni tarixiy holat deb atamoqda.

Men shtatida joylashgan Gulf of Maine hududida 10 fut (taxminan 3 metr) uzunlikdagi katta oq akula suv osti kamerasiga tushib qoldi. Ushbu holatni 50 yillik tajribaga ega, mashhur suratkash Brayan Skerri 2024 yil 8 iyul kuni qayd etgan.

Avval bu hududda akulalar kuzatilgan bo‘lsa-da, suv ostidan olingan birinchi aniq foto sifatida bu holat tarixiy ahamiyatga ega. Skerryga ko‘ra, akula atigi uch daqiqa ko‘ringan va tezda yo‘qolgan. Ammo suratga olishga ulgurgan.

Olimlar ushbu hududda oq akulalar soni ortib borayotganini aytishmoqda. Bunga iqlim o‘zgarishi va qonuniy muhofaza choralarining kuchayishi sabab bo‘lgan. 1970–1980 yillardagi haddan tashqari ov oqibatida populyatsiya 73 foizga qisqargan edi. Ammo 1990 yillardan boshlab qabul qilingan qonunlar oqibatida ular yana qayta ko‘paymoqda.

Mutaxassislar, xususan okeanolog Camrin Braun va biolog  John Chisholm fikricha, bu suratlar vahima uchun emas, balki ongli munosabat uchun zarur. Ularning aytishicha, akulalar bilan bir hududda yashash mumkin — faqat ehtiyot choralarini ko‘rgan holda.

“Dengizdagi eng qo‘rqinchli narsa akulalar emas, balki akulasiz qolgan okeandir,” — deydi Skerri.

    Boshqa yangiliklar