Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili Martin Gize Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi muhim idoralar — Milliy korrupsiyaga qarshi byuro (NABU) va Maxsus antikorrupsiya prokuraturasi (SAP) bo‘yicha yangi qonun loyihasi taqdim etilganini ijobiy baholadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident Vladimir Zelenskiy tomonidan parlamentga kiritilgan bu loyihani “birinchi to‘g‘ri qadam” deb atash mumkin. Berlin esa bu qonun tez fursatda qabul qilinib, prezident tomonidan imzolanishini kutmoqda.
“Ushbu jarayon kechiktirilmasligi va eng asosiysi — qonun mazmuni susaytirilmasligi kerak. Bu — yo‘qotilgan ishonchni tiklash uchun muhim”, — deydi Gize Berlindagi brifingda.
Ukraina parlamenti — Verkhovna Rada — mazkur loyihani 31-iyul kuni ovozga qo‘yishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Kiyevda NABU va SAP mustaqilligini himoya qilishga qaratilgan norozilik namoyishlari ham davom etmoqda.