Ispaniyaning janubiy qismida joylashgan Landjaron qishlog‘ida (Granada provinsiyasi) qabristonda joy tugagani sababli o‘ziga xos huquqiy cheklov joriy etilgan: aholiga o‘lim “rasman” taqiqlangan. Bu haqda Zamon.uz Darakchi.uz’ga ma’lum qildi.
The New York Post nashri xabariga ko‘ra, ushbu g‘ayrioddiy chora 1999-yildan buyon amalda. O‘sha yili yagona mavjud qabriston to‘lib qolgan va o‘shandan beri yangi yer maydoni ajratilmagan.
4 mingga yaqin aholiga ega Landjaron qishlog‘i shifobaxsh mineral suvlari bilan mashhur bo‘lib, TikTok orqali ham mashhurlikka erishgan. Mahalliy hokimiyat sog‘lom turmush tarzini tavsiya etayotgan bo‘lsa-da, o‘lim holatlarida qanday choralar ko‘rilishi haqida aniq ma’lumot bermagan.
Ayrim tahlilchilar bu qarorni turizmni rivojlantirishga qaratilgan PR strategiyasi deb baholamoqda.