AsosiyJamiyat

Prezident: “Oliy ta’lim tizimi real bozorga moslashishi kerak”

Ishlab chiqaruvchilarga mos mutaxassis yetishtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

'Prezident: “Oliy ta’lim tizimi real bozorga moslashishi kerak”'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda oliy ta’limda moliyaviy mustaqillik, kadrlar tayyorlash va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 40 ta oliygohga moliyaviy mustaqillik berilgan va bu natija bera boshlagan. Biroq muhandislik, STEM, qishloq xo‘jaligi kabi sohalardagi oliygohlar hali daromad topish va talabalarni jalb etish borasida orqada qolmoqda.

Prezident “tarmoq–korxona–oliygoh” tizimini tezroq joriy qilish zarurligini ta’kidladi. Allaqachon 25 ta muhandislik oliygohida 438 ta ishlab chiqarish kafedralari tashkil etilgan. Masalan, Buxoro texnika universiteti 10 ta yirik korxonada 20 ta kafedra ochgan.

Yig‘ilishda, shuningdek, qiymati 1 mln dollardan oshgan, 50 dan ortiq ish o‘rni yaratuvchi har bir loyiha uchun zarur kadrlar ehtiyoji aniqlanib, oliygohlarga aniq buyurtma berilishi belgilandi.

Unga ko‘ra:

Talabalar buyurtmaga asosan qo‘shimcha modullar orqali tayyorlanadi;

Bu modullar uchun kredit ballari beriladi;

Talaba 2-kursdan boshlab bilimini investor baholaydi;

Diplom ishi investor ehtiyojiga mos mavzuda himoya qilinadi;

Bitiruvchini ishga olish – kafolatli bo‘ladi.

Yig‘ilishda byurokratik to‘siqlar sabab xususiy sektor bo‘sh ish o‘rinlarini yashirayotgani tanqid qilindi. Shuning uchun yangi platforma orqali xususiy sektorga qulay tizim yaratiladi.

Endilikda:

Tadbirkor bo‘sh ish o‘rni va mutaxassislikni platformaga joylaydi;

Oliygohlar “karera markazi” orqali bitiruvchini korxona bilan bog‘laydi;

Ishga olgan tadbirkorga reytingda ball qo‘shiladi;

Bitiruvchisining yarmidan ko‘pini ishga joylashtirgan “karera markazi”ga 500 mln so‘m mukofot beriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qaysi sohalarda Face ID orqali elektron shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:19

    Qaysi sohalarda Face ID orqali elektron shartnoma tuzish mumkin bo‘ladi?

    “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

    'Endi elektrom ta’minoti korxonalari xodimlari kameralar bilan ishlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:02

    Endi elektrom ta’minoti korxonalari xodimlari kameralar bilan ishlaydi

    Xodimlarning iste'molchilar bilan muloqoti, joylarda o‘tkazgan o‘rganish ishlari bodikameralarga yozib olinadi.

    'Qo‘qonda ona farzandlari uchun 85 million so‘m aliment to‘lanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:39

    Qo‘qonda ona farzandlari uchun 85 million so‘m aliment to‘lanadi

    3 nafar farzand ota qaramo‘g‘iga topshirilgach, onaga aliment to‘lash belgilangan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:39

    'Prezident: "Diplom bor, ammo kasbga mos malaka yo‘q"'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:38

    Prezident: "Diplom bor, ammo kasbga mos malaka yo‘q"

    Oʻzbekiston rahbari oliygʻohlar taʼlimi haqiqiy mehnat bozori ehtiyojlariga mos kelmayotgani keskin tanqid qildi.

    'Oʻzbekistonda oltin zahirasi 48,74 mlrd dollarni tashkil qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:24

    Oʻzbekistonda oltin zahirasi 48,74 mlrd dollarni tashkil qildi

    Bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 193,7 million dollarga (0,4 foizga) ko‘p.