Ispaniyada noqonuniy uy egalash — yaʼni "skvotterlik" holatlari yildan-yilga oshmoqda. 2024 yilda sudlarga faqat "skvotterlar"ga nisbatan 16,5 mingta ariza berilgan. Bunga sabab sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni sud qarorisiz chiqarish taqiqi va sudlar yuklamasining haddan ziyod oshib ketgani koʻrsatilmoqda.
Advokat Xorxe Diesning aytishicha, hozirgi qonunlar aynan ijtimoiy "zaif" toifadagilarga nisbatan haddan tashqari bagʻrikeng. Bu esa uy ijarachilarining huquqiy himoyasini susaytirmoqda.
Uy egalari esa ijaraga uy berishdan choʻchimoqda. Chunki toʻlovni toʻxtatib qoʻygan ijarachini chiqarish ikki yilgacha choʻzilishi mumkin. Bu vaqtda esa politsiya aralasha olmaydi. Boʻsh turgan uylardan esa jinoyatchi guruhlar foydalanmoqda — ular "skvotterlar"ni joylashtirib, keyinchalik "tinch yoʻl bilan" chiqarish xizmatlarini pulli taklif qilmoqda.
Muxolifatdagi Xalq partiyasi hokimiyatga kelsa, mulkdorlar huquqlarini tiklashni va amaldagi qonunlarni oʻzgartirishni vaʼda bermoqda.