AsosiyDunyo

Prezident: “Tolani qayta ishlash quvvati etarli bo‘lsa-da, paxta spikulyatsiyasi bilan shug‘ullanayotganlar bor”

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektorda to‘qimachilik sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etish choralariga e’tibor qaratildi.

'Prezident: “Tolani qayta ishlash quvvati etarli bo‘lsa-da, paxta spikulyatsiyasi bilan shug‘ullanayotganlar bor”'ning rasmi

So‘nggi 5 yilda tarmoqda 3,5 mlrd dollarlik 396 ta yirik korxona ishga tushdi, 500 mingdan ortiq odam band bo‘ldi.

Ammo ishlab chiqarish va eksport sur’atlarining sekinlashishi, paxta narxining so‘nggi uch yilda ikki baravar tushib ketishi korxonalarni qiyin ahvolga solmoqda.

Prezident ayrim “udda-buronlar” arzon davlat resursidan foydalanib, paxta savdosi bilan shug‘ullanayotganini tanqid qildi.

Shuningdek, tarmoqqa 2,2 mlrd dollarlik kredit qarzi, xalqaro sertifikatga ega korxonalarning esa atigi 16 foiz ekani qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar