Buxorolik 1997 yilda tug‘ilgan, avval ham firibgarlik uchun sudlangan shaxs o‘zini sayyohlik firmasi vakili sifatida tanishtirib, uch fuqarodan ishchi visa orqali Xorvatiyaga yuborish evaziga 6000 dollar so‘ragan.
U 3000 dollarni olayotganda Toshkentda qo‘lga olingan.
Namanganlik 1999 yilda tug‘ilgan shaxs esa akasi Xorvatiyada ishlashini aytib, uch kishidan jami 7800 dollar talab qilgan. U 3900 dollarni olayotganda Yangi Namangan tumanida ushlangan.
Har ikkala shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.