Politico yozishicha, Trump Yevropa yetakchilari va Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazilgan videokonferensiyada Rossiya bilan sulhga erishilgan taqdirda, AQSH Kiyevga agressiyani jilovlash vositalarini taqdim etishda ma’lum rol o‘ynashga tayyorligini bildirgan.
Ammo Trump bu boradagi har qanday majburiyatni faqat NATO tashqarisida ko‘rishini ta’kidlagan.
Trump AQSHning to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukraina hududiga harbiy kuch va qurol yuborishini istisno qilgan. Shunga qaramay, Yevropa orqali Kiyevga qurol yetkazib berish davom etishi mumkin.
Yevropa va Ukraina rasmiylari bu tashabbusni ijobiy qadam deb baholashsa-da, Trump va Putin o‘rtasidagi Alyaskadagi sammit natijalarini xavotir bilan kutishmoqda.