AsosiyDunyo

Yangi tariflardan norozi bo‘lgan ittifoqchilar Trumpning "zaif nuqtasi"ga zarba berdi

Ispaniya, Hindiston va boshqa davlatlar F-35 xarididan voz kechmoqda, bu esa AQSh harbiy sanoatiga milliardlab zarar keltirishi mumkin.

'Yangi tariflardan norozi bo‘lgan ittifoqchilar Trumpning "zaif nuqtasi"ga zarba berdi'ning rasmi

Donald Tramp joriy etgan "jazlovchi" yangi tariflar va talablar bir qator davlatlarning keskin javob choralariga sabab boʻldi. Bu haqda Zamon.uz  xabar berdi.

Ispaniya NATO mudofaa xarajatlarini 5 foizgacha oshirish masalasida kelishmovchiliklar ortdan milliardlab dollarlik F-35 qiruvchi samolyotlari xarididan voz kechdi. Shveysariyada ham yuqori tariflar fonida F-35 xaridini toʻxtatish boyicha siyosiy bosim kuchaymoqda. Hindiston esa AQSh harbiy texnikasi boyicha rejalarni muzlatib qoʻydi.

Mutaxassislar bu jarayon AQShning dunyodagi yetakchi qurol yetkazib beruvchi sifatidagi mavqeiga putur yetkazishi, yetkazib berish zanjirlarini xavf ostiga qoʻyishi va milliardlab dollar yoʻqotishga olib kelishini taʼkidlamoqda.

Ispaniya F-35 oʻrniga Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va Ispaniya birgalikda ishlab chiqayotgan Eurofighter Typhoon hamda kelajakdagi uchuvchisiz Future Combat Air System loyihalariga mablagʻ yoʻnaltirishi mumkin. Ushbu yangi avlod qiruvchisining 2040 yillarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Politico bu holatni "Trampning eng zaif nuqtasi — sevimli jangchilari"ga berilgan zarba sifatida baholadi.

    Boshqa yangiliklar