AsosiyDunyo

Jahon banki: O‘zbekiston yuqori daromadli davlat bo‘lishi uchun 100 yil kerak

Jahon bankining yangi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston aholi jon boshiga 14 ming dollarlik daromadga ega bo‘lishi uchun kamida asr vaqt talab qilinadi.

'Jahon banki: O‘zbekiston yuqori daromadli davlat bo‘lishi uchun 100 yil kerak'ning rasmi

“Tadbirkorlik, texnologiyani joriy etish va innovatsiyalar orqali o‘sishni jadalashtirish” nomli tahliliy hujjatda keltirilishicha, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Tojikiston hozirgi o‘sish sur’atlari bilan yuqori daromadli davlat maqomiga 100 yil ichida yetishi mumkin.

Taqqoslash uchun, Qozog‘iston bu marraga 30 yil ichida erishishi, Turkmaniston – 28 yil, Qirg‘iziston va Ukraina esa 70 yilda yaqinlashishi prognoz qilingan.

Hozirgi holat: 2024 yilda O‘zbekistonda jon boshiga YaIM – 3 092 dollar.

Iqtisodchi Mirkomil Holboyev tahlili: So‘nggi 4 yildagi iqtisodiy o‘sishni inobatga olgan holda, O‘zbekiston 2042 yilga kelib yuqori daromadli davlatlar safiga qo‘shilishi mumkin, deb hisoblamoqda.

YaIM o‘sishi (2025–2026 yillarda Jahon banki prognozi): – O‘zbekiston: 5,9% – 2024 yil birinchi yarmi: 7,2% o‘sish qayd etilgan

Raqamlar ortidagi muammo: – Hisobotda 10 yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlar asos qilib olingan – Pandemiya davridagi pasayish bu prognozlarga kuchli ta’sir qilgan

O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘sish bor, lekin yuqori daromadli davlatga aylanish uchun barqaror va tezkor o‘sish, innovatsiyalar va texnologiyalarni keng joriy etish zarur.

    Boshqa yangiliklar