"Temiryo‘linfratuzilma" AJ Buxoro mintaqaviy temiryo‘l uzelida ishlagan 1988 va 1992 yilda tug‘ilgan ikkai hamkasb, rahbariyat qaroridan norozi bo‘lib, jinoyiy reja tuzgan. Ular 2024 yil 14 yanvar kuni kechqurun Paxtachi tumanidagi "Ziyovuddin–Navoiy" temiryo‘l uchastkasida 110 kilogrammli temir-beton shpallni rels ustiga qo‘yib, voqea joyidan yashiringan.
Oradan 15–20 daqiqa o‘tgach, 159 km/soat tezlikda harakatlanayotgan, bortida 148 yo‘lovchi bo‘lgan "Afrosiyob" poyezdi to‘siq bilan to‘qnashgan. Natijada poyezdning harakatlantiruvchi qismlari jiddiy shikastlangan, yetkazilgan zarar miqdori 260 million so‘m deb baholangan.
Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ayblanuvchilar qo‘lga olingan va Jinoyat kodeksining 161-moddasi ("Ko‘poruvchilik") bo‘yicha sudga tortilgan. Navbahor tuman sudi ularni aybdor deb topib, biri 13 yilga, ikkinchisi 12 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.