AsosiyDunyo

Trump va Putin Ukraina taqdirini boʻlishmoqda

Berlinda Rossiya shartlaridagi "tez tinchlik"ka qarshi aksiya o‘tdi.

'Trump va Putin Ukraina taqdirini boʻlishmoqda'ning rasmi

Berlindagi Brandenburg darvozalari yonida Germaniyaning Jabr ko‘ruvchi xalqlarni himoya qilish jamiyati va ukrain huquq himoyachilari aksiya o‘tkazdi.

Chiqishlar Putin va Trumpning Alyaskadagi sammiti oldidan bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkda AQSh va Rossiya prezidentlari niqobidagi faollar "kelishuv" sahnasini namoyish etishdi: go‘yoki Vashington Qrimning Rossiya tomonidan anneksiyasini tan oladi.

Aksiya tashkilotchilaridan Sara Raynke "Trumpning Ukraina hisobiga tuzgan tezkor bitimi faqat Putinga foyda keltiradi" dedi.

Uning so‘zlaricha, ukrain hududidan voz kechish qurbonlar xotirasiga xiyonat bo‘lib, okkupatsiyadagi aholini Rossiya hukmronligi qo‘lida qoldiradi.

    Boshqa yangiliklar