"The Indian Express" nashriyotining yozishicha, fojeda Kishtvar tumanining Chositi qishlogʻi yaqinida yuz bergan. Machail Mata ibodatxonasiga borayotgan ziyoratchilar kuchli yogʻin va toshqinlar sababli halokatga uchragan.
Mahalliy hokimiyat maʼlumotiga koʻra, 100 dan ortiq jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, qutqaruv ishlarida armiya va favqulodda xizmatlar jalb etilgan. Bedarak yoʻqolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi voqeadan jabr koʻrganlarga yordam koʻrsatilishini va qutqaruv ishlari jadallik bilan olib borilayotganini maʼlum qildi.
Qariyb ikki hafta avval Uttarakhand shtatida ham shunga oʻxshash kuchli yogʻingarchilik oqibatida 4 kishi halok boʻlgan, 50 kishi bedarak yoʻqolgan edi. Mutaxassislar bu mavsumdagi ob-havo sharoitlari odatdagidan ancha ogʻir kechayotganini qayd etmoqda.