Tungi dron hujumlari natijasida Samar viloyatida, xususan, Sizrandagi neft zavodida yong‘in kelib chiqqani bir nechta Telegram-kanallar videolar orqali xabar qildi.
Viloyat gubernatori Vyacheslav Fedorishev hududga 13 ta dron urinib kirgani va ular yo‘q qilingani aytdi, ammo NPZdagi yong‘in haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot bermadi.
Shuningdek, Kursk viloyatida dron turar joy binosiga urib tushgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yong‘in natijasida bir ayol halok bo‘lgan, yana 10 kishi tan jarohati olgan. Hodisa Jeleznodorojniy tumanida ro‘y bergan.