Germaniyaning Passau shahri va uning atrofidagi ichimlik suvida enterokokk bakteriyalari topildi. Mahalliy aholiga suvni isteʼmol qilishdan oldin qaynatish tavsiya etildi.
Der Spiegelʼning yozishicha, hozirda suv tizimida xlor bilan dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.
Cheklovlar qancha vaqt davom etishi hozircha nomaʼlum. Enterokokklar yurak ichki pardasining yalligʻlanishi, siydik yoʻli infektsiyasi va boshqa kasalliklarga sabab boʻlishi mumkin.