Donald Trumpning maxsus vakili Stiv Vitkoff CNNga bergan intervyusida Rossiya besh ukrayn mintaqasiga oid masalada "baʼzi yon berishlar" qilganini bildirdi.
Unga koʻra, Alyaskadagi Trump–Putin uchrashuvida Ukrayna uchun "jiddiy xavfsizlik kafolatlari" kelishib olingan.
Vitkoff bu kelishuvni "burilish nuqtasi" deb atadi va AQShda boʻlib oʻtadigan Zelenskiy hamda Yevropa yetakchilari bilan uchrashuv samarali boʻlishiga umid bildirdi.
Trump esa ijtimoiy tarmoqda Rossiya boʻyicha "katta yutuq" haqida yozib, "yangiliklarni kuting", — dedi.






