AsosiyDunyo

Trump xotini yozgan maqtubni Putinga topshirdi — unda qanday masala ko‘tarilgan?

Melaniya Trump xatda rossiyaliklar tomonidan o‘g‘irlangan ukraina bolalari haqida so‘z yuritgan.

'Trump xotini yozgan maqtubni Putinga topshirdi — unda qanday masala ko‘tarilgan?'ning rasmi

16 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:25 da AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin Alyaskadagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida uchrashuv o‘tkazdi.

Sammit chog‘ida Tramp turmush o‘rtog‘i — Melaniya Tramp yozgan shaxsiy maktubni Putinga shaxsan topshirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Birinchi xonim maktubda Ukraina urushi davomida Rossiya tomonidan olib ketilgan bolalar taqdiri, ularning noqonuniy assimilatsiyasi va oilalardan ajratilishi haqida qayg‘u bilan fikr bildirgan. Maktubning keyingi taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda.

2023 yilda Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Putin va Rossiyaning bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Mariya Lvova-Belovaga ushbu bolalarni Ukraynadan olib chiqishdagi ishtiroki uchun hibsga olish bo‘yicha order bergan edi.

Ukraina tomoni 16 mingdan ortiq bola Rossiyaga majburan olib ketilganini qayd etgan.

Tramp ma’muriyati joriy yil 19 mart kuni ushbu bolalarni izlash va Rossiyaning harbiy jinoyatlarini hujjatlash loyihasini to‘xtatgan edi.

Ammo 8 kundan so‘ng Oq uy bu qarorni bekor qilib, bolalar taqdiriga oid ma’lumotlarni qayta tiklashga rozi bo‘ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Indoneziyada ibodat qilayotganlar zilzila ostida qoldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:03

    Indoneziyada ibodat qilayotganlar zilzila ostida qoldi

    Hozirda ikki kishi og‘ir ahvolda bo‘lib, ular kasalxonaga yotqizilgan.

    'Rossiya yana SOCAR'ning Ukrainadagi neft bazasiga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:20

    Rossiya yana SOCAR'ning Ukrainadagi neft bazasiga hujum qildi

    Odessa dagi terminalga dronlar bilan zarba berildi — barcha rezervuarlar shikastlangan.

    'Qozogʻiston armiyasida sunʼiy intellekt boʻlinmasi ish boshladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:55

    Qozogʻiston armiyasida sunʼiy intellekt boʻlinmasi ish boshladi

    Yangi bo‘linma Mudofaa vazirligida “jarayonlarni optimallashtirish va mudofaa salohiyatini kuchaytirish”ga xizmat qiladi.

    'Berlin: Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari markaziy masala boʻlishi kerak'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:16

    Berlin: Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari markaziy masala boʻlishi kerak

    Germaniya tashqi ishlar vazirining aytishicha, Ukraina tinchlik shartnomasi imzolanganidan keyin ham o‘zini himoya qila olish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.

    'Putin urushni to‘xtatish evaziga Ukrainedan nima talab qilmoqda?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:02

    Putin urushni to‘xtatish evaziga Ukrainedan nima talab qilmoqda?

    Rossiya prezidenti shartlar roʻyxatini eʼlon qildi — Qrim tan olinishi, NATOdan voz kechish va sanktsiyalarni yumshatish talab qilinmoqda.

    '"Zelenskiy istasa, urushni darhol to‘xtatishi mumkin" — Tramp tinchlik uchun shartlarini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:49

    "Zelenskiy istasa, urushni darhol to‘xtatishi mumkin" — Tramp tinchlik uchun shartlarini aytdi

    Trumpga ko‘ra, Ukraina Qrim va NATOdan voz kechsa, urush yakunlanishi mumkin. Zelenskiy esa buni inkor etmoqda.