AsosiyDunyo

Qozogʻiston armiyasida sunʼiy intellekt boʻlinmasi ish boshladi

Yangi bo‘linma Mudofaa vazirligida “jarayonlarni optimallashtirish va mudofaa salohiyatini kuchaytirish”ga xizmat qiladi.

'Qozogʻiston armiyasida sunʼiy intellekt boʻlinmasi ish boshladi'ning rasmi

Qozog‘iston  Mudofaa vazirligida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan maxsus bo‘linma tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi bo‘linma Mudofaa vazirligida “jarayonlarni optimallashtirish va mudofaa salohiyatini kuchaytirish”ga xizmat qiladi. U katta ma’lumotlarni tahlil qilish, boshqarishni avtomatlashtirish, tezkor stsenariylarni modellashtirish, harbiy vaziyatda boshqaruv qarorlarini qabul qilish tezligini oshirish kabilar asosiy vazifasi.

Bo‘linma Qozog‘iston va xorijdagi universitetlar, ilmiy markazlar va IT-kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.

    Boshqa yangiliklar