AsosiyDunyo

AQSh elchixonasi qoʻriqchisi Rossiya va Eron foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda

Norvegiyada sobiq xavfsizlik xodimiga qarshi sud jarayoni boshlandi, unga 21 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.

'AQSh elchixonasi qoʻriqchisi Rossiya va Eron foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda'ning rasmi

Oslodagi AQSh elchixonasida ishlagan sobiq qoʻriqchi Muhammad O. Rossiya va Eron diplomatik vakolatxonalari bilan aloqaga chiqib, maxfiy maʼlumotlarni berganlikda gumonlanmoqda.

U 2024 yil martidan noyabrigacha elchixonaga oid 50 ta avtomobil raqami, 212 nafar xodim ismi, 229 ta telefon raqami, 81 ta manzil va xavfsizlik rejalarini taqdim etgan.

Ushbu maʼlumotlar Norevgiya, Serbiya va Turkiyada oʻtkazilgan uchrashuvlarda yetkazilgan.

Evaziga u umumiy hisobda 20 ming yevro olgan — Rossiyadan naqd pul, Erondan esa kriptovalyutada. Aylblanuvchining aytishicha, u AQSh elchixonasi va Norvegiya kuch tuzilmalari tomonidan oʻtkazilgan propalestina faollariga qarshi mashgʻulotlardan ranjigan.

Ayni damda unga nisbatan tergov ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar