Davlat xavfsizlik xizmati va tegishli idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, MChJga tegishli manzilda yashirin sex faoliyati ochildi.
Bu yerdan 11 dona dori ishlab chiqarish stanogi, 21 qolip, 389 kg kukun va tayyor tabletka, shuningdek, “Ursosan”, “Neyromidin”, “Faniqan” kabi qalbakilashtirilgan dorilar topildi.
Shuningdek, dorixonalardan 15 turdagi 1 067 quti qalbaki hamda 14 turdagi 274 quti muddati o‘tgan dori vositalari musodara qilindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uch nafar shaxsga nisbatan tergov olinib borilmogda.