Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarma xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi. 1991 va 1993 yillarda tug‘ilgan ushbu shaxslar Qirg‘iziston Respublikasidan noqonuniy ravishda 19 kg 119 gramm og‘irlikdagi tilla zargarlik buyumlarini mamlakaga olib kirishga uringan. Buyumlarning umumiy qiymati taxminan 20 milliard so‘mni tashkil etadi. Hozirda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmogda.






