AsosiyJamiyat

Amerikalik erkak o‘zini o‘lik qilib ko‘rsatib, o‘zbek ayolning yoniga qochdi

22 yillik turmushini tark etgan erkak o‘zini suvda cho‘kib ketgandek ko‘rsatib, G‘arbiy Yevropa va Osiyo orqali O‘zbekistondan bo‘lgan ayolga yetib borgan.

'Amerikalik erkak o‘zini o‘lik qilib ko‘rsatib, o‘zbek ayolning yoniga qochdi'ning rasmi

AQShning Viskonsin shtatida yashovchi 45 yoshli erkak o‘zini halok bo‘ldi deb ko‘rsatib, O‘zbekistonlik ayolning yoniga borish uchun mohirona reja tuzgan. CNN yozishicha, erkak 2024 yil 12 avgust kuni xotiniga Grin-Leyk ko‘lida kayakda sayr qilishini aytgan va o‘sha kundan boshlab bedarak yo‘qolgan. Dastlab bu holat cho‘kib ketganlik deb baholangan.

Ammo 58 kunlik qidiruvdan natija bo‘lmagach, tergov kengaytirildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, erkak bedarak yo‘qolishidan uch oy oldin yangi pasport olgan va o‘zini halok bo‘lgandek ko‘rsatgan. U avvaldan olib chiqqan rezina qayiqda sohilga chiqib, hujjatlarini ko‘lga tashlab ketgan.

Keyin u Torontoga, u yerdan Parijga, undan so‘ng Osiyodagi davlat orqali Gruziyaga yo‘l olgan. O‘zbekistonlik ayol uni kutib olgan va ular dastlab mehmonxonada yashagan. Erkak keyinchalik Gruziyaga joylashib olgan.

U noyabr oyida aniqlandi, dekabrda AQShga qaytarilgan. O‘zini halok bo‘lgan deb ko‘rsatib, tergovga to‘sqinlik qilganlikda ayblangan erkakka sud tomonidan 89 kunlik qamoq jazosi tayinlandi. Bundan tashqari, u qidiruv ishlari uchun sarflangan 30 ming dollarni ham to‘lashi belgilandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak uch farzandi va 22 yil birga yashagan turmush o‘rtog‘i bilan usbu voqealardan so‘ng to‘rt oy ichida rasmiy ajrashgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:05

    Andijonda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

    Tarmoqlarda tarqalgan videodan so‘ng, jinoyat ishi sudga oshirildi. Aybdorlarga 3 yillik ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    'O'zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:33

    O'zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi

    Yil boshidan buyon aholi soni 540 ming nafarga ko'paydi. Erkaklar soni ayollar sonidan 273 ming nafarga ko'p.

    'Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi Kengashini sudga beradimi?'ning rasmi

    Jamiyat 27.08.2025 19:19

    Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi Kengashini sudga beradimi?

    Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi Kengashiga qarshi sudga murojaat qilishi mumkin.

    'Bosh prokuror, mudofaa va ichki ishlar vazirlariga yuqori unvonlar berildi'ning rasmi

    Jamiyat 27.08.2025 19:11

    Bosh prokuror, mudofaa va ichki ishlar vazirlariga yuqori unvonlar berildi

    Prezident farmoni bilan qator yuqori lavozimdagi amaldorlarga navbatdagi maxsus va harbiy unvonlar berildi.

    'Endi maktablarda har hafta «Kelajak soati» darslari o‘qitiladi'ning rasmi

    Jamiyat 27.08.2025 13:49

    Endi maktablarda har hafta «Kelajak soati» darslari o‘qitiladi

    Har juma kuni o‘tkazib kelingan «Sinf soatlari» o‘rniga, dushanba kunlari birinchi soatda «Kelajak soati» darslari o‘tilishi aytildi.

    'Toshkentda birinchi yarim yillikda bironta yangi maktab ishga tushmadi'ning rasmi

    Jamiyat 27.08.2025 13:34

    Toshkentda birinchi yarim yillikda bironta yangi maktab ishga tushmadi

    Бу ҳақида давлат статистика қўмитаси маълумот берди.