AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda Joriy yil I yarmida qancha odam ozodlikdan mahrum qilindi?

Ozodlikdan mahrum qilinganlarning eng ko'p ulushi Toshkent shahriga to'g'ri keladi.

'O‘zbekistonda Joriy yil I yarmida qancha odam ozodlikdan mahrum qilindi?'ning rasmi

Joriy yil I yarmida O‘zbekistonda 9 570 kishi ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ozodlikdan mahrum qilinganlarning eng ko‘p ulushi Toshkent shahri (1982 nafar), Toshkent viloyati (1244 nafar) va Farg‘ona viloyati (1044) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yarim yil davomida respublika bo‘yicha Namangan viloyatida bir nafar shaxs umrbod ozodlikdan mahrum qilingan.

    Boshqa yangiliklar