Afgʻoniston sharqida 6 ballik kuchli zilzila sodir boʻlib, 800 dan ortiq odam halok boʻldi, deya xabar berdi mamlakatning sogʻliqni saqlash vazirligi.
Taxminan 2800 kishi tan jarohati olgan. Zilzilaning markazi Knar viloyatida joylashgan boʻlib, bu hudud eng koʻp zarar koʻrgan. Mobil aloqa uzilgan va infratuzilma jiddiy zararlangani tufayli ayrim qishloqlarga qutqaruvchilar hali ham yetib bora olmayapti. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini bildirmoqda.
Reuters agentligi yozishicha, har bir qishloqda oʻnlab odam halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Avvalroq 600 dan ortiq qurbon haqida xabar berilgan edi.