Senatning 10-yalpi majlisida oliy ta’lim muassasalarida talabalarning jinoyatchilikka aralashishi muhokama qilindi. Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipovga parlament so‘rovi yuborilishi belgilandi.
2024 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalarining ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgan. 2025 yilning dastlabki olti oyida esa 102 ta muassasada 307 nafar talaba turli jinoyatlarga qo‘l urdi.
Asosiy jinoyatlar qatorida yo‘l-transport hodisalari, o‘g‘rilik, tan jarohati yetkazish, bezorilik va firibgarliklar bor.
Muammo sabablaridan biri ta’lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilmasligi, talabalar bo‘sh vaqtining mazmuni o‘tkazilmasligi hamda ota-onalar bilan hamkorlik yetishmasligi hisoblanmoqda.
Senat vakillari vazirdan huquqbuzarliklarning oldini olish va tarbiyaviy jarayonlarni kuchaytirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rishni talab qilmoqda.