AsosiyDunyo

Havo ifloslanishi sabab 4,5 million odam erta halok bo‘lmogda – JMT

Mutaxassislarning aytishicha, o'rmon yong'inlaridan chiqqan tutun katta hududlarga tarqalib, havoni zaharlaydi.

'Havo ifloslanishi sabab 4,5 million odam erta halok bo‘lmogda – JMT'ning rasmi

Jahon meteorologiya tashkiloti tadqiqotiga ko‘ra, milliardlab odamlar ifloslangan havoadan nafas olyapti va bu har yili 4,5 milliondan ortiq erta o‘limga sabab bo‘lmogda.

Mutaxassislarning aytishicha, o‘rmon yong‘inlaridan chiqqan tutun katta hududlarga tarqalib, havoni zaharlaydi. 2024 yilda havodagi zararli PM 2.5 zarrachalari eng ko‘p Chili, Braziliya, Ekvador, Kanada, Markaziy Afrika va Sibirda qayd etilgan.

Biroq ayrim hududlarda, xususan Sharqiy Xitoy va Yevropada chiqindilar kamaygani kuzatilmogda. Masalan, Shanxayda daraxt ekilishi va elektrotransport joriy etilishi natijasida havo sifatini yaxshilangan. Shunga qaramay, yer yuzasidagi ozon – smogning asosiy tarkibiy qismi hanuz yuqori darajada qolmogda.

    Boshqa yangiliklar