Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni AQShning prezidenti Trampning uning haqidagi bayonotlaridan hayratda qolganini bildirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Tramp Italiya telekompaniyaga bergan intervyusida Meloni undan birga suratga tushishni “iltimos qilganini” aytgan, bu esa ikki rahbar o‘rtasida bahsga sabab bo‘ldi.
Meloni esa bu da'volarni rad etib, ularni “to‘qima” deb atadi va Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayanining AQShga safari bekor qilinganini ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, bu bayonotlar ittifoqchi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Meloni ijtimoiy tarmoqdagi chiqishida “rostini aytsam, hayratdaman” deb yozib, vaziyatga nisbatan noroziligini bildirgan.
Shu bilan birga, u Italiya hech qachon hech kimdan iltimos qilmasligini ham qayd etdi.






