AsosiyDunyo

"Bashakshahar" murabbiyisiz qoldi

Shomurodov va Fayzullayev toʻp surayotgan klub bosh murabbiy bilan xayrlashdi.

'"Bashakshahar" murabbiyisiz qoldi'ning rasmi

Turkiyaning "Bashakshehir" klubi bosh murabbiy "Chagdash" Atan bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev hozircha murabbiysiz qoldi.

Klub Atanga ikki mavsum davomida ko‘rsatgan fidoyiligi va jamoada ketma-ket Evrokuboklarga olib chiqqani uchun minnatdorlik bildirdi.

Turkiya OAVlariga ko‘ra, uning o‘rniga "Borussiya Dortmund" sobiq bosh murabbiyi Nuri Shahin tayinlanishi mumkin. 36 yoshli mutaxassis bilan muzokaralar boshlandi.

    Boshqa yangiliklar