AsosiyJamiyat

Surxondaryoda hokim o‘rinbosari fuqarolarni paxta terimiga majburladi?

Viloyat hokimligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

'Surxondaryoda hokim o‘rinbosari fuqarolarni paxta terimiga majburladi?'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hokimining xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilfuza Toshmatova mahalla faollarini paxta terimiga odam topib chiqishga majburlagani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, mazkur holat Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan shaxsan nazoratga olindi. Hozirda topshiriq asosida tegishli idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Paxta yig‘im-terimi mavsumi boshilanishidan oldin hududlarda xatlov o‘tkazilib, faqatgina ko‘ngilli terimchilar ro‘yxatlari shakllantirilgan. Mahallalardagi faol va tashabbuskor ayollar esa otryad rahbari sifatida belgilangan.

“Surxondaryo viloyati hokimligi majburiy mehnatning har qanday shaklini qat’iyan qoralaydi. Hech bir mas’ul shaxsga xodimlarni majburiy ravishda paxta terimiga jalb etish bo‘yicha topshiriq berilmagan. Agar o‘rganish natijasida bunday holat tasdiqlansa, qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi”,— deyiladi xabar

    Boshqa yangiliklar