Federal qidiruv byurosi (FQB) Charli Kirkni o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyat yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rmoqda. Maxsus xizmatlar ma’lumot tarqatib, qotilga oid har qanday ishonchli xabar bergan shaxsga 100 ming dollar miqdorida mukofot tayinlandi.
FQB o‘zining rasmiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ehtimoliy gumonlanuvchining suratini e’lon qildi. Bu rasm orqali fuqarolardan uni tanish va huquq-tartibot idoralariga xabar berish so‘ralmoqda.
Assotsiated Press agentligi maxsus xizmat vakiliga tayanib yozishicha, qotil mergan katta ehtimol bilan «talaba yoshi»da bo‘lgan va o‘q otilgandan so‘ng universitet hududida yig‘ilgan olamonga qo‘shilib ketgan. Bu esa uni aniglashni qiyinlashtirgan.
Shuningdek, voqea joyi yaqinidan 30-kalibrli Mauser turidagi vintovka topilgan. Qurol sochiqqa o‘ralgan holda qoldirilgan bo‘lib, uning o‘qdonida otilgan gilza, magazinida esa uchta patron bo‘lgan. Tergovchilarga ko‘ra, aynan shu qurol Kirkni o‘ldirishda ishlatilgan bo‘lishi mumkin.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisaga aloqador shaxsni qidirishni davom ettirmoqda. Fuqarolardan shubhali holatlar haqida tezkor ravishda ma’lumot berish so‘ralmoqda.
Ekspertlar ta’kidlashicha, FQB tomonidan mukofot tayinlanishi jinoyatchi shaxsini topishda katta ahamiyatga ega. Chunki ko‘p hollarda fuqarolarning shubhali kuzatishlari va shaxiy ma’lumotlari qidiruv jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.