Bugun, 14 sentabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan ikkinchi yengil vazn toifasidagi bokschi Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue bilan ringga chiqdi.
Bunda yaponiyalik Naoya Inoue hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevni 12 raund davom etgan bellashuvda ochkolar hisobiga mag‘lub etdi.
Shu tariqa, Naoya Inoue mutlaq jahon chempioni maqomini saqlab qoldi va barcha chempionlik kamarlarini himoya qildi.
Qayd etish kerakki, Inoue 6 yil debanda ilk bor Murodjon bilan to‘liq 12 raundli jang o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Bungacha u muddatidan oldin g‘alaba qozonib kelgan.