AsosiyDunyo

Turkiyada ommanaviy norozilik boshlandi

Anqarada 50 mingga yaqin kishi bosh koʻtardi.

'Turkiyada ommanaviy norozilik boshlandi'ning rasmi

Turkiyada Respublika xalq partiyasi (RXP) yig‘ilishida qatnashib, 15 sentabrda bo‘lib o‘tadigan sud jarayoni oldidan norozilik bildirdi.

Suddа 2023 yil noyabridagi partiya qurultoyi natijalarini bekor qilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Aynan o‘sha qurultoyda O‘zg‘ur O‘zol partiya yetakchisi etib saylangan edi. U lavozimidan chetlatilishi mumkin.

RXP ayblovlarni rad etib, ishni siyosiy sabablar bilan bog‘lamoqda. O‘zol mitingda: "Bu bo‘layotgani – kelajakdagi prezident va hukumatga qarshi uyushtirilgan to‘ntarish", deya bayonot berdi.

Partiya 2024-yilgi mahalliy saylovlarda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Adolat va taraqqiyot partiyasidan ustun kelgan va reytinglarda tobora ommalashmoqda.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida 500 dan ortiq RXP a’zosi korrupsiya ishlari bo‘yicha hibsga olingan, jumladan, mart oyida Istanbul meri Ekrem Imomog‘lu qo‘lga olinishi ham mamlakat bo‘ylab yirik noroziliklarga sabab bo‘lgan edi.

    Boshqa yangiliklar