AsosiyJAMIYAT

Andijonda qariyb 2,5 kilogramm gashish musodara qilindi

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

'Andijonda qariyb 2,5 kilogramm gashish musodara qilindi'ning rasmi

Andijon viloyatida o'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qariyb 2,5 kilogramm hashish moddasi musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, DXXning Andijon viloyati bo'yicha boshqarmasi, Ichki ishlar va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Asaka tumanida o'tkazilgan tezkor tadbirda “Lasetti” rusumli avtomobil to'xtatilib, tekshiruvdan o'tkazilgan.

Tekshiruv jarayonida transport vositasida bo'lgan Namangan shahri hamda Farg'ona viloyatining Marg'ilon shahrida yashovchi 1970, 1981 va 1984 yillarda tug'ilgan uch nafar fuqaroga tegishli 2 kilogramm hashish moddasi borligi aniqlangan. Holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, Marhamat tumanida o'tkazilgan yana bir tezkor tadbirda Quva shahrida yashovchi, 1985 yilda tug'ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomobildan 497 gramm hashish moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ma'lum qilinishicha, mazkur turdagi giyohvandlik vositalari mamlakat hududiga xorijdan kontrabanda yo'li bilan olib kirilgan bo'lishi mumkin.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo'llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar