AsosiyJINOYAT

O‘zgidromet 9 ta viloyat aholisini ogohlantirdi

20–22 iyun kunlari kutilayotgan yomg'irlar sabab respublika tog' oldi va tog'li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

'O‘zgidromet 9 ta viloyat aholisini ogohlantirdi'ning rasmi

Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi.

Qayd etilishicha, respublikaning ayrim hududlarida kuchli yomg‘irlar oqibatida yomg‘ir suvlari to‘planishi va hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjud.

    Boshqa yangiliklar