Peruning Machu-Pikchu hududida 150 nafarga yaqin namoyishchi temiryo‘l harakatini to‘sib qo‘ydi.
Ular temiryo‘l kompaniyasini avtobuslar bilan nohalol raqobat yuritayotganlikda ayblab, avtobuslarga qo‘riqxonaga kirishga ruxsat berilishini talab qilmoqda.
Yo‘l yopilishi ortidan 1300 sayyoh tarixiy shaharchada qolib ketgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha uchta gumanitar poezd orqali 800 dan ortiq sayyoh evakuatsiya qilingan. Hukumat vaziyatni bartaraf etish uchun muzokaralar olib bormoqda.