Ijtimoiy tarmoqlarda "metronda bir qiz hushidan ketib qoldi" mazmunidagi xabarlar keng tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan "Toshkent metropoliteni" DUK ma'muriyati rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 22 sentabr kuni soat 08:30 lar atrofida "Chilanzor" yo'nalishining "Novza" bekati tomon harakatlanaotgan harakat tarkibidagi yo'lovchilardan birida holsizlik holati kuzatilgan.
Shu bois, harakat tarkibi bekaga yetib kelgach, bekadagi xodimlar tomonidan unga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko'rsatilgan va ushbu yo'lovchi navbatdagi harakat tarkibida o'z manzili tomon ketgan.
Ma'lumot tarigasida ta'kidlash joizki, ushbu yo'lovchida hushdan ketish holati emas holsizlik holati kuzatilgan.