AsosiySport

Bugun Parijda “Oltin to‘p” taqdirlash marosimi o‘tkaziladi

Marosimda birinchi marta ayollar o‘rtasida “Yilning eng yaxshi darvozaboni” uchun Lev Yashin mukofoti topshiriladi.

'Bugun Parijda “Oltin to‘p” taqdirlash marosimi o‘tkaziladi'ning rasmi

Bugun, 22 sentyabr kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida “France Football” nashrining 2025 yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. “Teatre du Chatelet”da erkaklar va ayollar futbolida dunyoning eng yaxshilari va yana bir qator nominatsiyalarda mukofotlar o‘z egalariga topshiriladi. 

“Barselona”ning ispaniyalik iqtidorli va yosh futbolsichisi Lamin Yamal va PSJning fransiyalik hujumchisi Usmon Dembele erkaklar o‘rtasida “Oltin to‘p” mukofotiga asosiy da’vogarlar sifatida qaralmoqda. Mariona Kaldentey, Aleksiya Putelyas va Aytana Bonmati esa ayollar o‘rtasida “Oltin to‘p” sovrini uchun asosiy da’vogarlardan.

Shuningdek, erkaklar o‘rtasida umumiy nomzodlar: 

Usmon Dembele (“PSJ”, Fransiya)

Janluiji Donnarumma (“Man Siti”, Italiya)

Jud Bellingem (“Real”, Angliya)

Dezire Due (“PSJ”, Fransiya)

Denzel Dumfris (“Inter”, Niderlandiya)

Seru Girassi (“Borussiya” Dortmund, Gvineya)

Erling Holand (“Manchester Siti”, Norvegiya)

Viktor Gyokeresh (“Arsenal”, Shvesiya)

Ashraf Hakimi (“PSJ”, Marokash)

Harri Keyn (“Bavariya”, Angliya)

Xvicha Kvarasxeliya (“PSJ”, Gruziya)

Robert Levandovski (“Barselona”, Polsha)

Aleksis Makallister (“Liverpul”, Argentina)

Lautaro Martines (“Inter”, Argentina)

Skott Maktominey (“Napoli”, Shotlandiya)

Kilian Mbappe (“Real”, Fransiya)

Nunu Mendesh (“PSJ”, Portugaliya)

Joau Nevesh (“PSJ”, Portugaliya)

Pedri (“Barselona”, Ispaniya)

Koul Palmer (“Chelsi”, Angliya)

Maykl Olise (“Bavariya”, Fransiya)

Rafinya (“Barselona”, Braziliya)

Deklan Rays (“Arsenal”, Angliya)

Fabian Ruis (“PSJ”, Ispaniya)

Virjil van Deyk (“Liverpul”, Niderlandiya)

Vinisius Junior (“Real”, Braziliya)

Muhammad Saloh (“Liverpul”, Misr)

Florian Virs (“Liverpul”, Germaniya)

Vitinya (“PSJ”, Portugaliya)

Lamin Yamal (“Barselona”, Ispaniya).

Joriy yildan birinchi marta ayollar o‘rtasida “Yilning eng yaxshi darvozaboni” uchun Lev Yashin mukofoti topshiriladi. Bu mukofot shu kunga qadar erkaklar o‘rtasida topshirilayotgan edi. 

Marosimda bir qator nominatsiyalar o‘z egalarini topadi:

“Oltin to‘p” (erkaklar o‘rtasida);

“Oltin to‘p” (ayollar o‘rtasida);

Lev Yashin sovrini (erkak darvozabonlar uchun);

Lev Yashin sovrini (ayol darvozabonlar uchun — birinchi marta);

Raymon Kopa trofeyi (21 yoshgacha eng yaxshi erkak futbolchi);

Raymon Kopa trofeyi (21 yoshgacha eng yaxshi ayol futbolchi);

Yilning eng yaxshi murabbiyi (erkaklar jamoalari);

Yilning eng yaxshi murabbiyi (ayollar jamoalari);

Sokrates mukofoti (maydondan tashqari ijtimoiy faoliyat uchun).

Marosim Tashkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod qilindi'ning rasmi

    Sport 25.09.2025 17:17

    "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod qilindi

    Bunga jamoadning O‘zbekiston Superligasi 22-turidagi “Buxoro” klubiga qarshi yirik hisobdagi mag‘lubiyat sabab bo‘lgan.

    'Dembele — 2025 yilgi “Oltin to‘p” sohibi'ning rasmi

    Sport 23.09.2025 09:28

    Dembele — 2025 yilgi “Oltin to‘p” sohibi

    Dembelening o‘tgan mavsumdag‘i o‘yini, jamoasi bilan mavsum yakunida Qahramonlar Ligasida va ichki musobaqalardag‘i ulgurji natijalari uni xalqaro hakamlar hay’ati e’tiboriga sazovor qildi.

    'Aytjan Xalmahanov 24 yildan keyingi ilk jahon chempioni boʻldi'ning rasmi

    Sport 22.09.2025 04:19

    Aytjan Xalmahanov 24 yildan keyingi ilk jahon chempioni boʻldi

    Zagrebdagi jahon chempionatida yunon-rum kurashchisi Aytjan Halmaxanov (–63 kg) finalda koreyalik Chung Han-Jaeni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

    'Jahon chempionlariga BYD avtomobillari va pul mukofotlari topshirildi'ning rasmi

    Sport 19.09.2025 07:56

    Jahon chempionlariga BYD avtomobillari va pul mukofotlari topshirildi

    O‘zbekistonda jahon chempionatida g‘alaba qozongan sportchilar va murabbiylar Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi.

    'O‘zbekiston Superligasi: chempionlik poygasi va jon saqlash kurashi tahlili'ning rasmi

    Sport 18.09.2025 18:45

    O‘zbekiston Superligasi: chempionlik poygasi va jon saqlash kurashi tahlili

    "Nasaf" peshqadam, sovrinli o‘rinlar va ligada qolish uchun kurash keskinlashmoqda.

    ''ning rasmi

    Sport 17.09.2025 14:40