AsosiyBu qiziq

O'zbekiston IQ darajasi bo'yicha dunyoda nechanchi o'rinda?

Eng yuqori daraja Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Singapurda qayd etilgan.

'O'zbekiston IQ darajasi bo'yicha dunyoda nechanchi o'rinda?'ning rasmi

Oʻzbekiston IQ oʻrtacha darajasi boʻyicha 2025-yilgi mamlakatlar reytingida 126 mamlakat ichida 70-oʻrinni egalladi.

Maʼlum qilinishicha, mamlakat aholisining IQ oʻrtacha darajasi 96,8 ga teng boʻldi. Bu oʻtgan yildagi 94,5 dan yuqori, lekin jahon boʻyicha IQ oʻrtacha koʻrsatkichi 100 dan pastdir.

Shuningdek, MDH davlatlari orasida IQ darajasi Rossiya 103,2, Armaniston 1012,6, Belarus 98,7, Ozarbayjon 98,7, Moʻgʻulistonda 97,3 Oʻzbekistonga qaraganda yuqori Ukraina 95,4, Qirgʻiziston 94,9 va Tojikistonda 93,6 esa pastroqdir.

Eng yuqori IQ darajasi Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Singapurda qayd etilgan Eng pasti esa Gabon, Angola va Beninda.

Quyida mamlakatlar boʻyicha oʻrtacha IQ koʻrsatkichi 2025 yil 1 yanvar holatiga koʻra keltirildi. Ushbu tadqiqot butun dunyo boʻylab aynan bir hil IQ testini topshirgan 1 352 763 kishining natijalariga asoslangan. Reyting har yili 1 yanvarda oʻtgan yilgi maʼlumotlar asosida yangilanadi.

    Boshqa yangiliklar