AsosiyJamiyat

O‘zbekiston tajribasi “The Lancet”da e’tirof etildi

Dunyodagi nufuzli tibbiyot jurnallaridan biri —"The Lancet" songgi maqolasida Oʻzbekistondagi islohotlarni namuna sifatida qayd etdi.

'O‘zbekiston tajribasi “The Lancet”da e’tirof etildi'ning rasmi

Jurnalda bolalar saratoni va qon kasalliklari bo‘yicha kam va o‘rta daromadli davlatlarda tengsizlik katta xavf tugdirayotgani ta’kidlandi.

Maqolada saratonga chalingan bolalarning 30 foizdan kam qismi omon qolishi, o‘roqsimon hujayrali anemiya bilan og‘rigan g‘o‘daklarning esa yarmi besh yoshga etmasdan vafot etishi qayd etilgan.

Shu sharoitda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi:

• Prezident farmoni bilan bolalar saratoniga qarshi milliy strategiya qabul qilindi;
• Toshkentdagi Xalqaro akademik markaz mintaqaviy innovatsiyalar markaziga aylanmoqda;

• yagona yondashuv asosida davolash va kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

    Boshqa yangiliklar