AsosiyJamiyat

O'zbekistonda umumiy ovqatlanish korxonalari 133 trillion so'mlik savdo qildi

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 12,8  foizga o‘sgan.

'O'zbekistonda umumiy ovqatlanish korxonalari 133 trillion so'mlik savdo qildi'ning rasmi

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish korxonalari 133 trln so‘mlik savdo qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Bildirilishicha, 2025 yil 1 sentyabr holatiga umumiy ovqatlanish sohasida 25  840 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning yanvar–avgust oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi qariyb 133 trln so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 12,8  foizga o‘sgan.

2025 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonda soliqlarni to‘lamaslik havfi yuqori bo‘lgan 2 ming 873 ta korxonada tekshiruv o‘tkazilgan edi.

Tekshiruv davomida soliq to‘lashdan eng ko‘p qochishga uringan sohalar savdo va umumiy ovqatlanish bo‘lgan — 5,7 trln so‘m. Bu jami ko‘rsatkichning 57,6 foiziga teng.

Shuningdek, kafe va restoranlar O‘zbekistonda ishchi kuchiga eng ko‘p talab bildirgan sohalar qatoriga kirgan edi.

2025 yil II choragida mehnat bozorida taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari soni I chorakdagidan 28,7 foizga oshgan. Eng ko‘p ish takliflarini savdo (19,4 foiz), umumiy ovqatlanish (17,5 foiz) va ishlab chiqarish (16,8 foiz) korxonalari bildirgan.

    Boshqa yangiliklar