AsosiyJamiyat

Turkiyadagi YTHda o‘zbekistonlik yigit vafot etdi

17 yoshli o‘zbekistonlik yigitni avtomashinada urib ketgan Turkiya fuqarosi hodisa joyidan yashiringan. Ammo...

'Turkiyadagi YTHda o‘zbekistonlik yigit vafot etdi'ning rasmi

Turkiyaning bir qator OAV (jumladan, HOW telekanali) hamda ijtimoiy tarmoqlarda (“Turkiyadagi o‘zbeklar” kanalida) 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Satrirov Samirjonning yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgani haqida xabar tarqatildi.

Aniqlanishicha, S.Satriorv 2025 yil 5 aprel kuni Istanbul shahrida YTH oqibatida og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi. Afsuski, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, u 15 aprel kuni hayotdan ko‘z yumgan.

Marhum 17 aprel kuni Samarqand viloyatida dafn etilgan.

Ta’kidlash joizki, marhumning oila a’zolari hodisa yuz berganidan keyin Bosh konsulxonaga bu haqda murojaat qilishmagan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, YTHni sodir etgan Turkiya fuqarosi hodisa joyidan yashiringan, biroq ertasi kuni pushaymonlik bildirib, politsiyaga taslim bo‘lgan. Tekshiruv davomida uning qonida giyohvandlik moddasi aniqlangan. Ayni vaqtda u qamoqqa olinmagan bo‘lib, sud majlisi 2025 yil 2 oktyabr kuniga belgilangan.

Hozirda Bosh konsulxona tomonidan jabrlanuvchining oila a’zolariga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmogda.

    Boshqa yangiliklar