2025/2026-o‘quv yili uchun magistraturaga belgilangan kvota doirasida o‘qishga kirolmagan abiturientlar uchun esa qo‘shimcha qabul imkoniyati yaratilmog‘da.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abiturientlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud.
Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi.
Qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.
Eslatma: davlat OTMlari magistaturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abiturientlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.