AsosiyJamiyat

Buxoroda 3 qavatli klinika yonib ketdi

Voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.

'Buxoroda 3 qavatli klinika yonib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Jondor tumanida yangi klinika yonayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, bugun, 30 sentabr soat 19:17 da Jondor tumani "Shurobod" MFY Yangihayot qishlog'ida joylashgan, hozirda ish faoliyatida bo'lmagan 3 qavatli binoda yong'in sodir bo'lgani to'g'risida FVBga xabar tushgan. Hodisa joyiga 6 ta yong'in-qutqaruv ekipaji soat 19:20 da etib borib, yong'in soat 19:30 da o'rab olingan va soat 20:55 da o'chirilgan.

Hozirda yong'in sababi va zarari aniqdanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to'g'risida xabar tushmagan.

    Boshqa yangiliklar