AsosiySport

O‘zbekiston terma jamoasi Quvaytga qarshi maydonga tushadi

Oʻrtoqlik uchrashuvi 9 oktyabr kuni Toshkentda oʻtkaziladi.

'O‘zbekiston terma jamoasi Quvaytga qarshi maydonga tushadi'ning rasmi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Quvayt terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda Quvayt futbol assotsiatsiyasi rasmiy ma’lumot berdi.

Bellashuv 9 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. O‘yin vaqti hamda stadion hozircha e’lon qilinmagan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bungacha Quvayt bilan 5 bor to‘qnash kelgan. Ulardan 3 tasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan, 2 uchrashuvda esa mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston jamoasi shu oyda yana bir o‘rtoqlik o‘yinida — Urugvay terma jamoasiga qarshi ham maydonga tushishi kutilmoqda. Bu bellashuv ham FIFA kunlari doirasida o‘tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar