Istanbulda so‘yib ketilgan ayolning qotili Navoiy viloyatiga qochib kelgani aniqlandi. Bu haqda Turkiya matbuoti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Istanbulning Fotih tumanida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 36 yoshli ayol bo‘g‘zidan pichoqlab ketilgan. Qotillikni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs 27 sentabr kuni mamlakat huquq-tartibot idoralari xodimlari O‘zbekistonning Navoiy viloyatida qo‘lga olingan.
Qotillik 20 sentabr kuni soat 21:30 da Istanbulning Fotih tumanidagi Oqsaroy mahallasida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol o‘z uyida jonsiz holda topilgan. Xabar kelib tushganidan keyin voqea joyiga politsiya, tergovchilar guruhi va tez tibbiy yordam xodimlari etib borgan.
Aniqlanishicha, ayol bo‘g‘zidan pichoqlanib, o‘ldirilgan. Jasad Sud tibbiyot instituti o‘likxonasiga yuborilgan. Jamoat xavfsizligi boshqarmasi qotillik byurosi politsiyasi voqea yuzasidan tergov boshlagan va xavfsizlik kamerasida tasvirlarini tekshirgan.
Politsiya xodimlari o‘zbek fuqarosi Akmaljon Rustamovich S. binodan chiqib ketayotgani tasvirini olgan. Qotillikda gumonlanuvchi O‘zbekistonga qochib ketgani aniqlangan. Voqea yuzasidan tergov olib borayotgan Qotillik byurosi xodimlari gumonlanuvchini qo‘lga olish uchun konsullik xodimlari bilan uchrashgan. 27 sentabr kuni O‘zbekistonning Navoiy viloyatida o‘zbek huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan xabar qilingan.
Voqea sodir bo‘lgan vaqtda mast bo‘lganini aytgan gumonlanuvchi, ayolni ko‘rish uchun Turkiyaga borgani va qaytib kelganini bildirgan. Shuningdek, u ayol pul uchun shantaj qilganini, bu esa qotillikka sabab bo‘lganini aytgan. Gumonlanuvchining sudi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi aytilmogda.