AsosiyDunyo

Mujtaba Homidiy maxfiy muzokaralarda ishtirok etgani aytilmoqda

Hozirda tomonlar rasmiy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

'Mujtaba Homidiy maxfiy muzokaralarda ishtirok etgani aytilmoqda'ning rasmi

AQSh va Eron o'rtasida keskinlik kuchaygan bir paytda, parda ortida olib borilgan diplomatik jarayonda Eron oliy rahbarining o'g'li Mujtaba Xamenaiy ishtirok etgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu omil sulh kelishuviga erishishda hal qiluvchi bo'lgani aytilmoqda.

Axios nashri ma'lumotlariga ko'ra, Mujtaba Xamenaiy xavfsizlik sababli muzokaralarda bevosita emas, balki yozma ravishda kurerlar orqali qatnashgan. Manbalar ta'kidlashicha, aynan uning roziligi ikki haftalik o't ochishni to'xtatish bo'yicha kelishuvga yo'l ochgan.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Trump tomonidan Eronga nisbatan keskin bayonotlar yangrayotgan, hatto "butun bir tamaddunni yo'q qilish" tahdidi ham bildirilgan. Biroq shu vaqtning o'zida Vashington va Tehron o'rtasida faol diplomatik aloqalar davom etgan.

Muzokaralarda Stiv Uitkoff, Abbos Aroqchi va boshqa xalqaro vositachilar ishtirok etgan. Pokiston, Turkiya va Misr diplomatlari kelishmovchiliklarni yumshatishda muhim rol o'ynagan.

Yakunda, Jey Di Vens ham jarayonga qo'shilib, muzokaralarni muvofiqlashtirgan. Tomonlar o'rtasida "umumiy anglashuv" shakllangach, Trump kelishuvni ma'qullagan va harbiy harakatlar to'xtatilgan.

Manbalarga ko'ra, Mujtaba Xamenaiyning ishtiroki "katta natija" sifatida baholanmoqda. Shu bilan birga, uning otasi — Eron oliy rahbari ahvoli va qaror qabul qilishdagi ishtiroki haqida turli qarashlar mavjud.

Hozirda tomonlar rasmiy muzokaralarga tayyorgarlik ko'rmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, keng qamrovli uchrashuvlar 10 apreldan boshlanishi mumkin. Ammo AQSh va Eron o'rtasidagi ziddiyatlar hali ham saqlanib qolmoqda va vaziyat yana keskinlashishi ehtimoli istisno etilmayapti.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xitoy AQShni xitoylik tadqiqotchining o‘limi bo‘yicha tergov olib borishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:54

    Xitoy AQShni xitoylik tadqiqotchining o‘limi bo‘yicha tergov olib borishga chaqirdi

    CBS News xabariga koʻra, xitoylik tadqiqotchi federal tergovchilar bilan suhbatlashgandan soʻng qisqa vaqt ichida vafot etgan.

    'Hizbullah Livanga qilingan hujumlarga javoban Shimoliy Isroilga raketa uchirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:16

    Hizbullah Livanga qilingan hujumlarga javoban Shimoliy Isroilga raketa uchirdi

    Livanlik Hizbulloh guruhi o‘z javobini Isroilning mamlakaga nisbatan tajovuzi to‘xtaguncha davom ettirishini ma’lum qilmoqda.

    'AQSh prezidenti Donald Trump NATOni yana tanqid qildi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:54

    AQSh prezidenti Donald Trump NATOni yana tanqid qildi.

    AQSh prezidenti Donald Trump Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida NATO faoliyatiga tanqidiy munosabat bildirdi.

    'Eron AQSh va Isroil o'rtasidagi urush tugadimi?'ning rasmi

    Dunyo 08.04.2026 02:55

    Eron AQSh va Isroil o'rtasidagi urush tugadimi?

    Tramp ikki haftalik otashkesimga rozi ekanini e'lon qildi.

    'AQSh Xarg oroliga zarha berdi'ning rasmi

    Dunyo 07.04.2026 15:31

    AQSh Xarg oroliga zarha berdi

    Orol dengizida bir nechta portlashlar sodir bo‘lgani xabar qilinmoqda.

    'Mug'tabo Homanaiy hushsiz holatda'ning rasmi

    Dunyo 07.04.2026 14:40

    Mug'tabo Homanaiy hushsiz holatda

    Eronning yangi oliy rahbari Qum shahrida davolanayotgani maʼlum qilindi.