AsosiyDunyo

Markaziy bank uchtа tijorat bankiga jarima soldi

TBC Bank, Davr Bank va Hamkorbank'da qonunbuzarliklar aniqlandi.

'Markaziy bank uchtа tijorat bankiga jarima soldi'ning rasmi

O'zbekiston Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining mijozlar bilan o'zaro munosabatlaridagi qonuniylikka oid monitoringlar doirasida TBC Bank, Davr Bank va Hamkorbank faoliyati o‘rganildi. Natijada usbu moliya muassasalari tomonidan iste'molchi huquqlarining buzilishiga olib keluvchi bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi.

Monitoring natijalariga ko'ra, Markaziy bank quyidagi miqdorlarda jarima sanksiyalarini qo'lladi:

TBC Bank – 615 million so‘m

Davr Bank – 931 million so‘m

Hamkorbank – 955 million so‘m

Shuningdek, har uchala bankka aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mijozlarga etkazilgan moliyaviy zarrarlarni qoplash va ularning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

TBC Bank: Kreditlarni qaytarish tartibida ortiqcha to‘lovlar asosida 2,5 milliard so‘mlik foizlar noqonuniy hisoblangan, shuningdek, sud qarorlaridan so‘ng yana 1,7 milliard so‘m foizlar mijozlar foydasiga qayta hisoblangan.

Davr Bank: Xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha 1,7 milliard so‘mlik ortiqcha foizlar, 1,9 milliard so‘mlik noqonuniy ushlab qolingan mablag‘ va 461 million so‘mlik garov bilan bog‘liq to‘lovlar mijozlarga qaytarildi.

Hamkorbank: Kredit ajratishda noqonuniy tarzda undirib olingan 19,2 milliard so‘m, garov mulkiga oid 1,5 milliard so‘m, va shartnomada nazarda tutilmagan bo‘lsa-da, undirib olingan 54,9 million so‘mlik komissiyalarni qaytarish vazifasi yuklatildi.

Markaziy bank bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida bank xizmatlari iste'molchilarining manfaatlarini himoya qilish choralarini davom ettirishini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar