AsosiyJamiyat

Samarqandda 16 yoshli qiz operatsiya vaqtida vafot etdi

У фарзандининг ўлимида шифокорларни айбламоқда.

'Samarqandda 16 yoshli qiz operatsiya vaqtida vafot etdi'ning rasmi

Samarqandda 16 yoshli qiz operatsiya vaqtida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda marhumaning onasi shifokorlarni ayblab chiqish qilgan videomurojaat keng tarqaldi.

“Qizim shifokorlarning bee'tiborligi oqibatida halok bo‘ldi. Operatsiya vaqtida qizimning tamog‘ida “tampon” qolib ketgan va bu sabab miyasiga havo yetkazilmagan”, — deydi ona videomurojaatida.

Darakchi.uz holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsiddinovga rasmiy so‘rov yuborilgan.

Uning ma’lumot berishicha, hozirda Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning yaqinlari holat yuzasidan komissiyaviy ekspertiza o‘tkazilishini talab qilgan. Qonuniy xulosa ekspertiza natijalariga asosan chiqarilishi ma’lum qilindi.

Hozircha masala bo‘yicha rasmiy xulosa e’lon qilinmagan.

    Boshqa yangiliklar